MMA O‘zbekistonliklarni chorak asr qo‘rquvda ushlagan sobiq MXX rahbari Rustam Inoyatov kim?

Ўзбекистоннинг қудратли махсус хизматлари – собиқ МХХ генерали Рустам Иноятов номи яна трендда.
Дастлаб Иноятовнинг Вануату “олтин паспорти” олгани фош бўлди.
Унинг ортидан эса тармоқларда Иноятов гўёки вафот этганига доир постлар пайдо бўлди.
Расмий манбалар ҳар иккала хабарни ҳам изоҳлагани йўқ.
Аммо Иноятов Вануату паспортини олгани ҳақидаги хабарнинг кўп ўтмай маҳаллий нашрлардан олиб ташланиши унинг қудрати ва шахсига яна бир бор эътиборни қаратди.
Хўш, ўзбекистонликларни чорак аср қўрқувда ушлаб турган ва Ўзбекистон сиёсатида ҳануз катта таъсирга эга деб ишониладиган собиқ МХХ раҳбари Рустам Иноятов ким?

🔴 Ozodlik kanaliga obuna bo’ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo’llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

O‘zbekistonning qudratli maxsus xizmatlari – sobiq MXX generali Rustam Inoyatov nomi yana trendda.
Dastlab Inoyatovning Vanuatu “oltin pasporti” olgani fosh bo‘ldi.
Uning ortidan esa tarmoqlarda Inoyatov go‘yoki vafot etganiga doir postlar paydo bo‘ldi.
Rasmiy manbalar har ikkala xabarni ham izohlagani yo‘q.
Ammo Inoyatov Vanuatu pasportini olgani haqidagi xabarning ko‘p o‘tmay mahalliy nashrlardan olib tashlanishi uning qudrati va shaxsiga yana bir bor e’tiborni qaratdi.
Xo‘sh, o‘zbekistonliklarni chorak asr qo‘rquvda ushlab turgan va O‘zbekiston siyosatida hanuz katta ta’sirga ega deb ishoniladigan sobiq MXX rahbari Rustam Inoyatov kim?

#ozodlik #uzbekistan #yangiliklar #mirziyoyev #shavkatmirziyoyev #dxx #inoyatov #uzbek #mehribon